Ekofaol talabalar
Universitetimizda o'tkazilgan ekologik tadbirlar haqidagi postlar muntazam joylashtirib boriladi.
14.03.2025Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti jamoasi ham Chilonzor tumani hududida o'tkazilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi. 🤝 🌸 "Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi!" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda universitet professor-o'qituvchilari va talabalar tomonidan mevali va manzarali 🌳 daraxt ko'chatlari ekildi. 🌳 Har bir ekilgan daraxt – bu kelajak avlodlarga sog'lom hayot, ko'kalamzor va toza muhit demakdir. 💚 ✨ Keling, barchamiz yashil va sog'lom kelajak uchun bir daraxt bo'lsa ham ekishni odatga aylantiraylik! 🌍🌿
Batafsil
09.11.2024Kecha mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yashil kelajak" umumrespublika marafoni bo'lib o'tdi. Nukus shahrida start berilgan ushbu tadbirda Toshkent amaliy fanlar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi! Universitetimiz talabalari ham bu loyihaga o'z hissasini qo'shib, Toshkent shahrida ko'chat ekish va yashil makon yaratish uchun birgalikda hasharda qatnashishdi. Ekologik toza kelajak yo'lidagi har bir qadam biz uchun muhim. Har bir ko'chat – sog'lom hayot sari qo'yilgan qadamdir! 🌳
Batafsil