TAFU bitiruv kechasi
2025-yil 14-iyun Toshkent amaliy fanlar universiteti tarixida o‘ziga xos sana bo‘ldi - shu kuni birinchi keng ko‘lamli bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu g‘urur, iliqlik va yorqin his-tuyg‘ularga to‘la muhim hayotiy bosqichning yakunlanish bayrami edi.
Joriy yilda TAFUni turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni 348 nafar talaba mavaffaqiyatli tamomladi. Bitiruv kechasi ularning talabalik yillarining ramziy yakuni va kasbiy hamda shaxsiy hayotdagi yangi bosqichga o‘tish bo‘ldi.
Bayram dasturi tantanali marosim bilan boshlandi, unda bitiruvchilar universitet rektori, ota-onalar, shuningdek, tadbir mehmonlarining tabriklarini qabul qildilar. Shuningdek, o‘rnak ko‘rsatgan talabalar ham taqdirlandi. O‘qituvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirokida bolalar munosib tabriklarni qabul qilishdi. Universitet rahbariyati bilan birgalikdagi suratlar - uzoq yillar esda qoladigan lahzalar alohida lahza bo‘ldi.
Rasmiy qismdan so‘ng mehmonlarni yengil gazaklar, shirinliklar va salqin ichimliklar bilan bayramona furshet kutardi, bu oqshomga shinamlik va birlik tuyg‘usini bag‘ishladi.
Tadbirning haqiqiy bezagi konsert chiqishlari bo‘ldi: sahnada sevimli ijrochilar Hamdam Sobirov, Munisa Rizayeva va DJ King Macarella chiqish qilishdi. Musiqa, raqs va samimiy his-tuyg‘ular kechani haqiqiy bayram muhitiga to‘ldirdi, bitiruvchilar, o‘qituvchilar va mehmonlarni talabalar hayotining yagona katta yakuniy akkordiga birlashtirdi.
"Bugun biz nafaqat talabalarni kuzatmoqdamiz, balki intiluvchan, yetuk mutaxassislarning yangi avlodini hayotga chiqarmoqdamiz. Ularning har biri bilan faxrlanaman. Ishonchim komilki, TAFUda olingan bilim va ko‘nikmalar katta yutuqlarga erishish yo‘lida mustahkam tayanch bo‘ladi," - dedi TAFU rektori, professor Abdusalom Umarov.
TAFU o‘z bitiruvchilari bilan faxrlanadi va ularning har biriga yangi hayot bosqichida ishonch, jasorat va ilhom tilaydi!