Axborot tizimlari va texnologiyalari

Axborot tizimlari va texnologiyalari


Ta'lim shakli
Kunduzgi

Umumiy ma’lumot

Axborot tizimlari va texnologiyalari o‘zini namoyon qilishni istaganlar uchun dastur. IT sohasida nufuzli hisoblanadigan ushbu mutaxassislikni o‘zlashtiring va mantiqiy fiklashni rivojlantiring. Shuningdek, axborot kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlari jixatidan algoritmlarni tuzishni va dasturiy ta’minotlarni yaratishni, korporativ axborot tizimlarini qurishni va boshqarishni, berilganlar bazasini yuritishni, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashni hamda web texnologiyalarining turli zamonaviy vositalarini qo‘llashni, web ilovalarni yaratishning barcha jihatlarini o‘rganing hamda O‘zbekiston yoki Yevropaning eng yirik IT makonlaridan birida o‘zingizning o‘rningizni egallang.
graduate students

Ta'lim

Bosqich

Uchinchi yilning asosiy modullari: Sonli usullar, Dasturiy injiniring tushunchalari bilan tanishish.

Bosqich

Birinchi o‘quv yilidada Siz Axborot tizimlari, Dasturlash asoslari, Diskret matematika va matematik mantiq, Amaliy matematika, Chet tili, Chiziqli algebra va analitik geometriya bilan shug‘ullanish kabi modullarni o‘rganasiz.

Bosqich

Ikkinchi o‘quv yilidan boshlab Siz Axborot xavfsizligi asoslari, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, Algoritmlar va berilganlar strukturasi, Dasturlash texnologiyalari, Berilganlar bazasi, Axborot tizimlarini loyihalash, Big data tahlili kabi modullarga ixtisoslashishni boshlaysiz.

Bosqich

So‘nggi o‘quv yilida Siz asosan tadqiqot usullari va ko‘nikmalarini o‘rganasiz hamda yakuniy loyihangiz ustida ishlashni boshlaysiz. Siz ish amaliyoti davomida qo‘shimcha ravishda Sun’iy intellekt texnologiyalari, Matematika va informatika o‘qitish metodikasi, Axborot tizimlarini loyihalarini boshqarish, Kompyuterli matematik tizimlar kabi ixtiyoriy tanlov modullarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Nimalarni o'rganasiz

Axborot tizimlari

Axborot tizimlari mazmuni. - AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari – hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir.

Axborot xavfsizligi asoslari

Axborot xavfsizligi faoliyati. - Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir. Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyatlar texnik axborot xavfsizligi choralari, yuridik javobgarlik, shuningdek, foydalanuvchi va maʼmurlarni tayyorlash standartlari sohasida asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boradi.

Sun’iy intellekt

Sun’iy intellekt texnologiyalari. - Informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Dasturlash texnologiyalari va asoslari

Dasturlash. - Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat

Kim bo'lib ishlay olasiz?

Axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis

Ish haqi:

5 000 000 so'm

Dasturchi mutaxassis

Ish haqi:

17 000 000 so'm

C++ dastruchilar

Ish haqi:

30 000 000 so'm

Java dasturchilar

Ish haqi:

40 000 000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Belgilangan dress-kod bo'ladi, shu bilan birga Universitet hududida va binolarida tashqi ko'rinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.
Guruhlarning to'lishi va ta'lim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 24-25 ta talaba tahsil oladi.
Abdusalom Umarov, texnika fanlar doktori, professor
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalarga yotoqxona taqdim etadi. Tafsilotlar saytda, shuningdek, Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Universitet Toshkentning turli tumanlarida 7 ta kampusga ega. Har bir kampusning manzillari va joylashuvlarini "Kontaktlar" bo‘limida ko‘ring.

Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.


Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.

Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.

Ma'lumotlar

Universitet haqida

Qabul

Talabalar uchun

Fan

Hamkorlik

Kontaktlar


Ish vaqti

Dush-Juma

09:00-17:00

Shanba

09:00-15:00

Telefon

+998 (71) 200 05 40

Email: info@utas.uz


Manzil

metro

Olmazor (eski Sobir Raximov)

logo