Bank ishi

Bank ishi


Ta'lim shakli
Kunduzgi (3-smena)

Umumiy ma'lumot

Moliya bozorida o'zini namoyon qilishni istaganlar uchun dastur. Bank xizmatlari sohasida nufuzli hisoblanadigan ushbu mutaxassislikni o'zlashtiring va kredit operatsiyalari, hisob-kitob-kassa xizmatlari va moliyaviy menejmentning barcha jihatlarini o'rganing hamda O'zbekiston yoki Yevropaning eng yirik banklaridan birida o’zingizning o’rningizni egallang.
graduate students

Ta'lim

Bosqich

Uchinchi yilning asosiy modullari: Bank ishiga kirish, Tijorat banklari, Bank faoliyatini tartibga solish va qonunchilik, auditorlik, investitsiyalar, korporativ moliya bilan tanishish.

Bosqich

Ikkinchi o'quv yilidan boshlab siz Statistika, Ekonometrikaga kirish, Banklarda buxgalteriya hisobi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot, Bank va kapital bozorlari, Shaxsiy moliya kabi modullarga ixtisoslashishni boshlaysiz.

Bosqich

So'nggi o'quv yilida siz asosan tadqiqot usullari va ko'nikmalarini o'rganasiz hamda yakuniy loyihangiz ustida ishlashni boshlaysiz. Siz ish amaliyoti davomida qo'shimcha ravishda Xalqaro bank va moliya, Bank ishida risklarni boshqarish kabi ixtiyoriy modullarni o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Bosqich

Birinchi o'quv yilidada siz Amaliy matematika, Iqtisodiyot, IT, iqtisodiyotda axborot tizimlari, Chet tili, Iqtisodiy ta'limotlar tarixi, Bank va moliya bilan shug'ullanish kabi modullarni o'rganasiz.

Nimalarni o'rganasiz

Bank ishi

- Bank ishining iqtisodiy mazmuni. - Banklar faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari. - Banklar operatsiyalarini amalga oshirish texnologiyalari. - Bankning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari.

Kreditlar

- Bankning kredit faoliyati. - Bankda kredit jarayonini tashkil etish. - Kreditlarni berish va qaytarish texnologiyalari. - Qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini va kredit risklari darajasini baholash.

Banklarda hisob-kitob va kassa operatsiyalari

- Bankdagi hisob-kitob-kassa operatsiyalarining xususiyatlari. - Kredit tashkilotlari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish tamoyillari. - O'zbekiston to'lov tizimini tashkil etishda O'zbekiston Markaziy Bankining roli.

Banklarda moliyaviy boshqaruv

- Bank moliyaviy boshqaruv jarayonining mazmuni. - Bankning majburiyatlari va aktivlari sifatini ta'minlash usullari va yo'llari. - Bank risklarini kamaytirish va bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlash usullari.

Kim bo'lib ishlay olasiz?

Mijozlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis

Ish haqi:

5 000 000 so'm

Yetakchi mutaxassis

Ish haqi:

7 000 000 so'm

Bosh mutaxassis

Ish haqi:

10 000 000 so'm

Bo'lim boshlig'i

Ish haqi:

12 000 000 so'm

Filial rahbari

Ish haqi:

25 000 000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Belgilangan dress-kod bo'ladi, shu bilan birga Universitet hududida va binolarida tashqi ko'rinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.
Guruhlarning to'lishi va ta'lim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 24-25 ta talaba tahsil oladi.
Abdusalom Umarov, texnika fanlar doktori, professor
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalarga yotoqxona taqdim etadi. Tafsilotlar saytda, shuningdek, Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Universitet Toshkentning turli tumanlarida 7 ta kampusga ega. Har bir kampusning manzillari va joylashuvlarini "Kontaktlar" bo‘limida ko‘ring.

Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.


Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.

Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.

Ma'lumotlar

Universitet haqida

Qabul

Talabalar uchun

Fan

Hamkorlik

Kontaktlar


Ish vaqti

Dush-Juma

09:00-17:00

Shanba

09:00-15:00

Telefon

+998 (71) 200 05 40

Email: info@utas.uz


Manzil

metro

Olmazor (eski Sobir Raximov)

logo