Multimediya texnologiyalari

Multimediya texnologiyalari


Ta'lim shakli
Kunduzgi (3-smena) / Kunduzgi

Umumiy ma'lumot

Kompyuter injiniringi - eng talab qilinadigan va yuqori haq to'lanadigan faoliyat sohalaridan biridir. Agar siz yuqori texnologiyalar olamida mutaxassis bo'lmoqchi bo'lsangiz, kompyuter muhandislarini tayyorlash kursiga xush kelibsiz! Multimediya texnologiyalari bu - audio, video, va boshqa raqamli texnologiyalarni qo'llash, 3D dasturlash, kompyuter o'yinlar dasturchisi, EdTech, Web-dasturchisi va boshqa yuqori malakali mutaxassislikdir.
graduate students

Ta'lim

Bosqich

Ikkinchi kursingizdan boshlab siz ma'lumotlar ba'zasi, kiberxavfsizlik asoslari, ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, elektronika va sxemalar, kompyuterni tashkil etish, web dasturlashga kirish, ehtimollik va statistika, kompyuter tarmoqlari kabi modullarga ixtisoslasha boshlaysiz.

Bosqich

So'nggi yilda siz asosan sun'iy intellekt, kompyuter animatsiyasi, mobil ilovalarni ishlab chiqish, GIS tizimlari ishlab chiqish kabi fanlardan tahsil olasiz.

Bosqich

Birinchi yilda siz hissob, fizika, dasturlash, chiziqli algebra, akademik yozuv, differentsial tenglamalar va boshqa fanlarni o'rganasiz.

Bosqich

Uchinchi o’quv yilining asosiy modullari: tizimlar va signallarni qayta ishlash, kompyuter arxitekturasi, raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish, mashinali o'qitish, o'rnatilgan tizimlar, tarmoq xavfsizligi, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash.

Nimalarni o'rganasiz

Dasturlash

- Axborot kommunikatsiya texnologiyalari - Web dasturlash - Operatsion tizimlar - Loyiha boshqaruvi

IT biznes va innovatsiyalar

- Mobil ilovalarni ishlab chiqish asoslari - Inson mashinasi interfeysi - Elektron biznes asoslari - Bulutli xizmatlar va resurslar

Mobil ilovalarni ishlab chiqish

- Mobil ilovalarni dasturlash - Raqamli qurilmalarni loyihalash - Simsiz va mobil qurilmalar - Sun'iy intelekt

Kim bo'lib ishlay olasiz?

Veb dasturchi

Ish haqi:

5 000 000 so'm

Multimediya dasturchi va tizim tahlilchisi

Ish haqi:

7 000 000 so'm

IT menejiri

Ish haqi:

12 000 000 so'm

Multimedia o'yinlar malakali dasturchisi

Ish haqi:

15 000 000 so'm

IT direktori

Ish haqi:

25 000 000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Belgilangan dress-kod bo'ladi, shu bilan birga Universitet hududida va binolarida tashqi ko'rinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.
Guruhlarning to'lishi va ta'lim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 24-25 ta talaba tahsil oladi.
Abdusalom Umarov, texnika fanlar doktori, professor
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalarga yotoqxona taqdim etadi. Tafsilotlar saytda, shuningdek, Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Universitet Toshkentning turli tumanlarida 7 ta kampusga ega. Har bir kampusning manzillari va joylashuvlarini "Kontaktlar" bo‘limida ko‘ring.

Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.


Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.

Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.