Filologiya va tillarni o'qitish (Rus tili)
Ta'lim shakli
Kunduzgi
Mazkur ta’lim yo‘nalishi rus tili va adabiyotini chuqur o‘rganish, zamonaviy o‘qitish metodikalarini egallash hamda tarjimonlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan. Bitiruvchilar ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro loyihalar, ommaviy axborot vositalari va tarjimonlik faoliyati bilan bog‘liq sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.

Ta'lim
Bosqich
Birinchi o‘quv yilida siz tilshunoslikka kirish, adabiyotshunoslik, folklor, dinshunoslik, xorijiy til, rus tili tarixi va ta’limda axborot texnologiyalari fanlarini o‘zlashtirasiz.
Bosqich
Ikkinchi kursda esa rus adabiyoti tarixi, jahon adabiyoti tarixi, hozirgi rus tili va umumiy psixologiyani o‘rganishni boshlaysiz.
Bosqich
Uchinchi kursda siz umumiy pedagogika, rus tilini o‘qitish metodikasi, qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik bilan tanishasiz.
Bosqich
To‘rtinchi kurs tarjima nazariyasi va amaliyoti, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid tarixi, qiyosiy tipologiyani o‘z ichiga oladi.
Nimalarni o'rganasiz
Tahsil beriladigan amaliy fanlar
- Grammatika
- Yozish amaliyoti
- So'zlashuv amaliyoti
- Analitik o'qish
Tahsil beriladigan nazariy fanlar
- Rus adabiyoti tarixi
- Jahon adabiyoti tarixi
- Hozirgi rus tili
- Umumiy psixologiya
Seminarlar
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid tarixi
- Qiyosiy tipologiya
- Kurs ishi bo‘yicha seminar
- Yakuniy ish bo‘yicha seminar
Tanlay olish mumkin bo’lgan fanlar
- Badiiy matnning filologik tahlili
- Ilmiy nutq madaniyati asoslari
- Ilmiy ish yozish va taqdimot mahorati
Kim bo'lib ishlay olasiz?
Og’zaki / yozma tarjimon
Ish haqi:
8 000 000 so'm
Pedagogik va ilmiy-pedagogik faoliyat
Ish haqi:
7 000 000 so'm
Tarjimonlik faoliyati
Ish haqi:
10 000 000 so'm
OAVda muxbirlik, noshirlik va muharrirlik
Ish haqi:
11 000 000 so'm
Konsalting xizmati
Ish haqi:
16 000 000 so'm
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati
Ish haqi:
18 000 000 so'm
Ko'p beriladigan savollar
Universitetda forma kiyish majburiymi?
Bir guruhda nechta talaba tahsil oladi?
Universitet rektori kim?
Universitetga tegishli yotoqxonalar bormi?
Universitet qayerda joylashgan?
O'qishga kirgandan keyin, yo'nalishni yoki ta'lim shaklini o'zgartirsa bo'ladimi?
Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.
Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.
Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.