Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)


Ta'lim shakli
Kunduzgi (3-smena)

Umumiy ma’lumot

• O‘zbek tilshunosligi, umumiy tilshunoslik, qadimgi turkiy til, o‘zbek tili tarixi, o‘zbek dialektologiyasi va sheva matnlari leksikasi tahlili, hozirgi o‘zbek adabiy tili, matnshunoslik, ilmiy tadqiqot asoslari, sotsiolingvistika, o‘zbek terminologiyasi, o‘zbek leksikografiyasi, turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi kabi fanlardan chuqur nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish va ushbu bilimlarni ilmiy, amaliy faoliyatda qo‘llay olish; • O‘zbek mumtoz adabiyoti, qiyosiy mifologiya va folklorshunoslik, qiyosiy adabiyoshunoslikning umumnazariy va uslubiy muammolari, o‘zbek va jahon adabiy aloqalari, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman adabiyoti, adabiy tanqidchilikdagi janrlar va uslublar masalasini tadqiq qilish orqali tanqidiy qarashni shakllantirish; • Uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, umumiy pedagogika nazariyasi, o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari haqida, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; • Ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa tamoyillar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; ta’lim tizimini boshqarish; pedagogik mahorat; umumiy psixologiya; yosh va pedagogik psixologiya; ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi o‘qituvchi shaxsi sifatlari borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarini egallash; • Sohaga oid jurnallarga maqola va taqrizlar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi pedagogik texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash va topish ko‘nikmasini shakllantirish; • O‘z mutaxassisligi tillariga oid turli tadbir, anjuman va ma’rifiy suhbatlarni tashkil etish va boshqarish, ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga oshirish, mustaqil maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash; • Nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va monografiyalar bo‘yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish; noshirlik muassasalarida adabiy xodim bo‘lib faoliyat yuritish, arxiv va muzeylarda ekskursovod, ilmiy xodim sifatida ishlash va sohaga oid ish jarayonini tashkil qilish.
graduate students

Ta'lim

Bosqich

Ikkinchi kursdagi fanlar: O‘zbek adabiyoti tarixi, hozirgi o‘zbek adabiy tili, jahon adabiyoti, o‘zbek tili tarixi, hozirgi adabiy jarayon, o‘qituvchi nutqi madaniyati kabi modullarga ixtisoslashishni boshlaysiz.

Bosqich

Birinchi o‘quv yilining asosiy fanlari: adabiyotshunoslik asoslari, tilshunoslik asoslari, o‘zbek folklori, ta’limda axborot texnologiyalari, falsafa, o‘zbek dialektologiyasi, matnshunoslik, eski o‘zbek yozuvi fanlari kabi modullarni o‘rganasiz.

Bosqich

Uchinchi o‘quv yilining asosiy fanlari: xorijiy til, umumiy psixologiya, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, umumiy pedagogika, navoiyshunoslik, yosh fiziologiyasi va gigiyenasi bilan tanishish.

Bosqich

To‘rtinchi kursda siz umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik nazariyasi fanlarini o‘zlashtirasiz hamda bu kurs diplom ishi ustida ishlashni va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.

Nimalarni o'rganasiz

Tahsil beriladigan amaliy fanlar

- Tilshunoslik asoslari - Eski o‘zbek yozuvi - O‘qituvchi nutqi madaniyati - O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi - Ifodali o‘qish va nutq madaniyati - Badiiy tahlil asoslari

Tahsil beriladigan nazariy fanlar

- O‘zbek adabiyoti tarixi - Adabiyotshunoslik asoslari - Hozirgi o‘zbek adabiy tili - Navoiyshunoslik - Adabiyotshunoslik - Klassik she’r o‘lchovi

Kim bo'lib ishlay olasiz?

Nashriyotlarda

Ish haqi:

10 000 000 so'm

Muharrir

Ish haqi:

6 000 000 so'm

O‘qituvchi

Ish haqi:

9 000 000 so'm

Filolog

Ish haqi:

10 000 000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Belgilangan dress-kod bo'ladi, shu bilan birga Universitet hududida va binolarida tashqi ko'rinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.
Guruhlarning to'lishi va ta'lim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 24-25 ta talaba tahsil oladi.
Abdusalom Umarov, texnika fanlar doktori, professor
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalarga yotoqxona taqdim etadi. Tafsilotlar saytda, shuningdek, Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Universitet Toshkentning turli tumanlarida 7 ta kampusga ega. Har bir kampusning manzillari va joylashuvlarini "Kontaktlar" bo‘limida ko‘ring.

Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.


Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.

Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.