O'zbek tili va adabiyoti

O'zbek tili va adabiyoti


Ta'lim shakli
Kunduzgi

Umumiy ma'lumot

Bu ta’lim yo‘nalishida mumtoz o‘zbek, arab va fors tillari, bu tillarda yaratilgan o‘tmish adabiy va madaniy meros birlamchi manbalar vositasida manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazardan o‘rganiladi, sharq adabiyoti tarixi, tarixiy tilshunoslik, yozma adabiy tillar tarixi, qadimgi yozma yodgorliklar tili; matn tarjimasi va talqini; o‘rganilayotgan til va adabiyot metodikasi, dars berish mahorati, nutq madaniyati tamoyillaridan dars beriladi.
graduate students

Ta'lim

Bosqich

To'rtinchi kursda siz umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik nazariyasi fanlarini o'zlashtirasiz, diplom ishi ustida ishlashni va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlashni o'z ichiga oladi.

Bosqich

Uchinchi o'quv yilining asosiy fanlari: xorijiy til, umumiy psixologiya, o'zbek tilini o'qitish metodikasi, o'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi, umumiy pedagogika, Navoiyshunoslik, Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi.

Bosqich

Ikkinchi kursdagi fanlar: O'zbek adabiyoti tarixi, hozirgi o'zbek adabiy tili, jahon adabiyoti, o'zbek tili tarixi, hozirgi adabiy jarayon, o'qituvchi nutqi madaniyati

Bosqich

Birinchi o’quv yilining asosiy fanlari: adabiyotshunoslik asoslari, tilshunoslik asoslari, o'zbek folklori, ta'limda axborot texnologiyalari, falsafa, o'zbek dialektologiyasi, matnshunoslik, eski o'zbek yozuvi fanlaridir.

Nimalarni o'rganasiz

Tahsil beriladigan amaliy fanlar

- Tilshunoslik asoslari - Eski o'zbek yozuvi - O'qituvchi nutqi madaniyati - O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi - Ifodali o'qish va nutq madaniyati - Badiiy tahlil asoslari

Tahsil beriladigan nazariy fanlar

- O'zbek adabiyoti tarixi - Adabiyotshunoslik asoslari - Hozirgi o'zbek adabiy tili - Navoiyshunoslik - Adabiyotshunoslik - Klassik she'r o'lchovi

Kim bo'lib ishlay olasiz?

Maktab o'qituvchisi

Ish haqi:

6 000 000 so'm

Oliy va o'rta maxsus ta'lim o'qituvchisi

Ish haqi:

8 000 000 so'm

Filolog

Ish haqi:

9 000 000 so'm

Nashriyotlarda muharrir

Ish haqi:

10 000 000 so'm

Ommaviy-axborot muassasalarida muharrir

Ish haqi:

10 000 000 so'm

Ko'p beriladigan savollar

Belgilangan dress-kod bo'ladi, shu bilan birga Universitet hududida va binolarida tashqi ko'rinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.
Guruhlarning to'lishi va ta'lim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 24-25 ta talaba tahsil oladi.
Abdusalom Umarov, texnika fanlar doktori, professor
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalarga yotoqxona taqdim etadi. Tafsilotlar saytda, shuningdek, Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Universitet Toshkentning turli tumanlarida 7 ta kampusga ega. Har bir kampusning manzillari va joylashuvlarini "Kontaktlar" bo‘limida ko‘ring.

Ikkinchi kursda yo'nalishni fakultet ichida o'zgartirish imkoniyati mavjud, faqat ba'zi talablarga javob bersa va guruhda joy bo'lsa.


Yo'nalishni o'zgartirish bo'yicha qaror universitet tasarrufida qoladi.

Ta'lim shaklini o'zgartirish ham mumkin, lekin bu bo'yicha qaror ham universitet tasarrufida qoladi.